Siti Ruhaini Juhayatin Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rahbar Baxtiyor Saidov yangi tayinlangan elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Tomonlar siyosiy hamkorlikdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanishini muhokama qildi.

“Shubhasiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud. Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — dedi Baxtiyor Saidov.