Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Sankt-Peterburg aeroporti hududida parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida havo hududi yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar o‘zgarishi haqida ogohlantirdi.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi reyslar jadvali quyidagicha o‘zgartirilgan:
7-iyul kuni HY9639 reysi quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Samarqanddan uchish 22:55 da, Sankt-Peterburgga kelish 08-iyul kuni soat 02:05 da.
HY9638, HY9637, HY9642 va HY9641 reyslari 8-iyul kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- HY9638 Sankt-Peterburgdan uchish soat 03:15, Urganchga kelish soat 09:35;
- HY9637 Urganchdan soat 10:45 da jo‘nab ketadi, Sankt-Peterburgga soat 13:25 da yetib boradi;
- HY9642 Sankt-Peterburgdan soat 14:35 da jo‘nab ketadi, Buxoroga soat 21:30 da yetib keladi.
- HY9641 Buxorodan soat 22:40 da uchib ketadi, Sankt-Peterburgga 9-iyul kuni soat 01:50 da yetib boradi.
HY9638, HY9637, HY9712 va HY070 reyslari 9-iyul kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- HY9638 Sankt-Peterburgdan uchish 03:05, Urganchga kelish 09:25;
- HY9637 Urganchdan jo‘nab ketish 10:35, Sankt-Peterburgga kelish 13:15;
- HY9642 Sankt-Peterburgdan soat 14:25 da jo‘nab ketadi, Termizga soat 21:35 da yetib keladi;
- HY070 Termizdan 22:35 da jo‘nab ketadi, Toshkentga 23:45 da yetib keladi.
“Mahalliy vaqt ko‘rsatilgan. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”, — deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.