YHXX avtomobillarda gaz ballonlari portlashi holatlari ko‘payib borayotgani fonida O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Avtomobil haydovchilaridan texnik talablarga rioya qilish va o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan.

Qayd etilishicha, belgilangan talablar va texnik reglamentlarga rioya qilinsa, bunday fojialarning oldini olish mumkin. Mutaxassislar haydovchilar o‘z avtomobillarini o‘z vaqtida texnik nazoratdan o‘tkazishlari kerakligini eslatib, gaz uskunalarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatishni faqat Akkreditatsiya markazi tomonidan berilgan tegishli sertifikatga ega bo‘lgan akkreditatsiya qilingan tashkilotlarga ishonish kerakligini ta’kidladi.

Mutaxassislar 2025-yil davomida tegishli xizmatlar ishtirokida qo‘shma reydlar o‘tkazib, uskunalarni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish, foydalanish muddati o‘tgan ballonlardan foydalanish, shuningdek, nosoz tizimlar holatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.