14-iyul kuni soat 15:55 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmologik monitoring markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentr Buxoro viloyatida bo‘lgan. Epitsentrdagi magnituda 4,2 ni tashkil etdi. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Oʻzbekistondagi yer silkinishlarining kuchi:

  • Peshku tumanida 2-3 ball, 39 km.
  • Gazli shahrida 2 ball, 51 km.
  • Qorako‘l tumanida 2 ball, 73 km.

Zilzila episentri Toshkentdan 532 km janubiy-g‘arbda.