Toshkent prokuraturasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Anvar O‘rmonov Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bungacha u prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, undan oldin poytaxtning ikkita tuman prokuraturasiga rahbarlik qilgan.
Anvar O‘rmonov Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar u poytaxt prokurorining birinchi o‘rinbosari, muqaddam shaharning Shayxontohur va Sergeli tumanlari prokuraturalariga rahbarlik qilgan.
Poytaxtning avvalgi prokurori Erkin Yo‘ldoshev kuni kecha Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati rahbari etib tayinlandi.
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.