O‘zbekistonda avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga yangi band kiritish rejalashtirilmoqda. Hujjat Iqtisodiyot va moliya vazirligida tayyorlangan.
Yangi punkt ishonchli shaxsga avtomobilni xorijga olib chiqishga ruxsat berishi kutilmoqda Loyiha ma’lumotnomasida avtomobillarni ishonchnoma asosida olib chiqib ketish va xorijda sotish holatlari ko‘payib borayotgani aytilgan.
Hujjatda keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda 50 ga yaqin fuqaroga tegishli transport vositalarini qaytarib olib kirmasdan olib chiqib ketish holatlari qayd etilgan. Birgina 2025-yilning iyun oyida 8 ta holat qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda endilikda avtomobilni tasarruf etish, shu jumladan sotish, hadya qilish, ayirboshlash va garovga qo‘yish huquqini beruvchi ishonchnomani uydan chiqmagan holda notariusda rasmiylashtirish mumkin.