O‘zbekistonda M1 toifadagi avtomobillarning orqa va old yon oynalarini qoraytirish uchun qisqa muddatli ruxsatnomalarni har yili 1-maydan 31-avgustgacha berish tartibini joriy etish taklif qilindi. Bu haqda IIVning tegishli loyihasida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, ruxsatnoma narxi:
- Jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHMning 1 baravari (412 ming so‘m);
- O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari uchun BHMning 5 baravari (2,060 mln so‘m).
Bir yilga beriladigan ruxsatnoma avvalgidek qoladi:
- Jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHMning 8 baravari (3 mln 296 ming so‘m);
- O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari uchun BHMning 14 baravari (5 mln 768 ming so‘m).
Loyiha muhokamasi joriy yilning 22-avgustiga qadar davom etadi.
M1 toifa — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchi o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqqa ega bo‘lgan transport vositalari.