AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qiladi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Bu ikki xalq uzoq vaqt urush holatida bo‘lib, minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Ko‘plab yetakchilar urushga chek qo‘yishga harakat qilishdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi”, — deb yozdi respublikachi.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyati har ikki tomon bilan “ancha vaqtdan beri” muloqot qilmoqda. Trampning qayd etishicha, 8-avgust kuni Armaniston va Ozarboyjon vakillari AQShda tinchlik shartnomasini imzolaydi.
“Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, iqtisodiy imkoniyatlarni birgalikda rivojlantirish uchun ikkala davlat bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolaydi”, — deya qo‘shimcha qildi AQSH prezidenti.