11-avgust kuni Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Yong‘in haqida soat 02:22 da xabar kelib tushgan, voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va soat 04:46 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

FVV xabarida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan, mutaxassislar yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlamoqda.