Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruh Toshkent shahri va Toshkent viloyatida issiqxonalar faoliyatini tekshirish bo‘yicha tungi reydlar o‘tkazmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Reydlar davomida atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, Toshkent tumani Hasanboy guzari va Qibray tumani Parvoz MFYda joylashgan issiqxonalardagi qozonxonalarga filtr o‘rnatilmagani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan issiqxona egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.