Hirotda avtobus mototsikl va yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 71 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Hodisa 19-avgust kuni sodir bo‘lgan. To‘qnashuv avtobus, mototsikl va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan, oqibatda 71 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 17 nafar bola bor.
Al Jazeera xabariga ko‘ra, avtobusda yaqinda Erondan deportatsiya qilingan qochqinlar bo‘lgan. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar va avariya tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Hirot viloyati politsiyasining ma’lum qilishicha, avariyaga avtobus haydovchisining tezlikni oshirishi va ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.