O‘zbekiston qonunchiligida Trade-up tizimi mustahkamlanadi, bu esa ishlatilgan avtomobillarni almashtirish imkonini beradi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida aytiladi.

Trade-In — ishlatilgan avtomobilni yangi avtomobilga qo‘shimcha haq to‘lash (yoki olish) bilan almashtirish. Trade-Up — ishlatilgan avtomobilni boshqa ishlatilgan avtomobilga narxdagi farqni qo‘shimcha to‘lash (yoki olish) bilan almashtirish.

Avtotransport ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlar, dilerlar, shuningdek, distribyutorlik tashkilotlarining dilerlari ilgari foydalanilgan avtomobillarni Trade-In va Trade-Up dasturlari doirasida oldi-sotdi shartnomalarini tuzish huquqiga ega bo‘ldi.

Trade-In va Trade-Up orqali avtomobil oldi-sotdi shartnomasini tuzishda distribyutorlar va dilerlar:

  • agar avtomobil umumiy mulk bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining (erining) notarial tasdiqlangan roziligini olish;
  • avtomobilning texnik parametrlari va agregat raqamlarini YHXX organlarida tekshiruvdan o‘tkazsin.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, distribyutor yoki dilerga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi, bu avtomobilni yangi egasiga yakuniy qayta ro‘yxatdan o‘tgunga qadar saqlash va ko‘chirish imkonini beradi. Bunda distribyutorlar va dilerlar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.