3-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Rasmiy tuzilmalar hozircha izoh bermadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toshkent viloyatining Angren shahrida sodir bo‘lgan. Videoda to‘qnashuv payti tasvirlangan: yuk mashinasi Yutong avtobusining yon qismiga urilgan, shundan so‘ng jamoat transporti haydovchisi derazadan otilib ketgan. Yo‘lovchilar va hodisa ishtirokchilarining salomatligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tungi avtobuslarning dastlabki yo‘nalishlari e’lon qilindi — transport maxsus markirovka ostida harakatlanadi.

Bundan tashqari, avvalroq maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi muhokama qilingandi. Mutaxassislarning fikricha, loyiha yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirishi mumkin, biroq hozircha uni amalga oshirish qiyinchilik tug‘dirmoqda.