2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda harf va raqam kombinatsiyalariga ega bo‘lgan davlat raqamlarini sotib olishga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zA Vazirlar Mahkamasi qaroriga tayanib yozmoqda.
“O‘zavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga bunday avtoraqamlarni ochiq elektron auksion orqali berish huquqi beriladi.
Raqamlar oltitagacha harflar va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lishi mumkin. Ular amaldagi davlat raqamlarini takrorlamasligi va qonun hujjatlariga yoki axloq normalariga zid bo‘lgan ma’nolarni o‘z ichiga olmasligi kerak.