6-sentyabr kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq” darajadagi magnit bo‘roni bo‘ladi. Bu haqda Meteonova ma’lumotlarida aytiladi.

Geomagnit buzilishlar kuchi 5 ballni tashkil etadi. Geozarbalarning eng yuqori cho‘qqisi 08:00 va 11:00 ga to‘g‘ri keladi, kechga yaqin Quyoshning g‘alayonlari zaiflashadi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.