8-avgust kuni Toshkentda magnit bo‘roni besh ball bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Meteonova xizmati ma’lumotida aytiladi.

Soat 11:00 da besh balli gezarbalar kuzatiladi, undan oldin va keyin to‘rt balli ko‘rsatkichlar prognoz qilinmoqda. 17:00 ga yaqin pasayish kutilmoqda.

Magnit bo‘ronlari aholida bosh og‘rig‘i, charchoq, asabiylashish va uyquning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, surunkali kasalliklarga chalingan va ob-havoga bog‘liq odamlar ularga sezgir bo‘ladi.