10-sentyabr kuni Yerda “qizil” magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu haqda Meteoagent portali ma’lumotlarida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kun davomida bo‘ron kuchi 6 ball atrofida bo‘ladi. 11 va 12-sentyabr kunlari mutaxassislar Quyoshning g‘alayonlanishini prognoz qilmayapti.
Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
29-avgust kuni Quyoshda eng so‘nggidan oldingi M1.1 sinfidagi chaqnash qayd etildi. Mutaxassislar Yerga ta’sir qilish ehtimoli yuqori bo‘lgan kuchli portlashlar xavfi saqlanib qolayotganini ma’lum qildi.