O‘zbekistonda steyblkoinlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda

Prezident hisob-kitoblar uchun steyblkoinlardan foydalanishni sinovdan o‘tkazish, shuningdek, fond bozoridagi aktivlarni tokenizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

PRO Pul

O‘zbekistonda hisob-kitoblar uchun steyblkoinlardan foydalanish, shuningdek, fond bozoridagi aktivlarni tokenizatsiya qilishni sinab ko‘rishmoqchi. Bu haqda ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak “O‘zbekiston 24”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan tegishli topshiriq berildi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga Markaziy bank bilan birgalikda hisob-kitoblar uchun to‘lov vositasi sifatida steyblkoinlardan foydalanishni sinovdan o‘tkazish, shuningdek, kapital bozorida qimmatli qog‘ozlarni tokenlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish topshirildi.

ILMA jamoasi Markaziy bank hamda boshqa aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat rahbarining ko‘rsatilgan topshirig‘ini bajarish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi, dedi Vyacheslav Pak.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Ballondagi gaz 15-noyabrdan kilogrammiga 5 000 soʻm boʻladi, ehtiyojmand oilalarga 3 000 soʻmdan qaytariladi PRO Pul Apple, Google va Meta toʻqqiz oyda Oʻzbekistonga 150 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻladi PRO Pul Markaziy bank 29-oktabr uchun oltin quymalar narxlarini e’lon qildi PRO Pul 27-oktabr uchun dollarning rasmiy kursi 11 861,96 so‘mga ko‘tarildi PRO Pul