14–15-sentyabr kunlari Yerda “qizil” darajadagi magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu haqda Meteoagent ma’lumotlarida aytiladi.
Keyingi kunlar uchun magnit bo‘ronlari bo‘yicha prognozlar hali taqdim etilmagan.
Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.