Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi. The Hill nashri Ukraina rahbarining so‘zlarini keltirmoqda.

Eng avvalo bizga natijasi o‘t ochishni to‘xtatadigan uchrashuv kerak. Yuzma-yuz. Ba’zida bu yuzlar bizga yoqmasa ham kerak, — Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan hududlar va boshqa masalalarni muhokama qilishga tayyor va buni “amerikaliklar orqali emas, yevropaliklar orqali emas, ularning qo‘llab-quvvatlashi bilan, lekin ular orqali emas”.

Avvalroq Putin Ukraina rahbari Zelenskiy Moskvaga kelsa, u bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgandi.