Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki rahbari bilan muzokara o‘tkazdi

Namanganda Shavkat Mirziyoyev va Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezident ITB bilan uzoq muddatli Strategik sheriklik dasturini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

O‘zbekiston

17-sentyabr kuni Namangan shahrida o‘tayotgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» xalqaro forumi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevning Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilot rahbari forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklab, ITB O‘zbekistonda kambag‘allikni yanada qisqartirish borasidagi vazifalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Keyingi yillarda ITB bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 5 milliard dollardan oshib, bugungi kunda transport, infratuzilma, uy-joy qurilishi, energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan. Shu bilan birga, investitsiyalarning 40 foizdan ortig‘i xususiy sektorga to‘g‘ri keladi.

Davlat rahbari ITB bilan loyihalar portfelini ikki barobar ko‘paytirish, infratuzilma, ijtimoiy soha va xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish hajmini oshirishni nazarda tutadigan uzoq muddatli Strategik sheriklik dasturini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

Xususiy biznes salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz hududlarida zamonaviy tibbiyot markazlarini barpo etish, avtomobil yo‘llarini modernizatsiya qilish, irrigatsiya kanallarini tiklash va betonlash hamda boshqa yo‘nalishlarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Yoʻlakda mushukni boʻgʻgan erkak 7 sutka qamoq jazosini oldi O‘zbekiston Shevchenko koʻchasida gerbli yodgorlik oʻrniga 65 metrlik bayroq ustuni qoʻyib, gastronomik koʻcha ochish taklif qilindi O‘zbekiston Toshkent viloyatining uch nafar aholisi 20 dan ortiq sigirni oʻgʻirlashda gumonlanmoqda — mollar Chirchiq va Yangiyoʻl bozorlarida sotilgan O‘zbekiston Quruvchilar kvartira pulini faqat shartnoma bajarilgandan keyin oladi: parlament eskrou-hisobvaraqlarni muhokama qilmoqda O‘zbekiston