Ijtimoiy tarmoqlarda ZIL-53 FARRUX davlat raqami belgisi bilan harakatlangani aks etgan video paydo bo‘ldi. Sirdaryo viloyati YHXB xodimlari haydovchini topdi.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u belgini qiziquvchanlik bilan o‘zgartirgan, shu bilan birga, bu qonunbuzarlik ekanini anglamagan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Noyob raqam belgilarini 2026-yil 1-yanvardan o‘rnatishga ruxsat beriladi. “O‘zavtomotobelgi” DUK oltita harf va (yoki) raqamgacha bo‘lgan kombinatsiyalar savdoga qo‘yiladigan ochiq elektron auksionlarni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bunday raqamlar mavjud raqamlarga mos kelmasligi, shuningdek, taqiqlangan yoki axloqiy jihatdan nomaqbul iboralarni o‘z ichiga olmasligi kerak.