O‘zbekistonda 2026 yil fevral oyidan boshlab “A” (mototsikllar va ularga tenglashtirilgan mototransport vositalari) va “B” (yengil avtomobillar) toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil ravishda o‘rganishi mumkin bo‘ladi.

YHXXning ta’kidlashicha, amaliy mashg‘ulotlar majburiy bo‘lib qolmoqda va davlat yoki xususiy avtomaktablarda o‘tkazilishi kerak.

Amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tib, transport vositalarini boshqarish ko‘nikmalari ijobiy baholanganidan so‘ng nomzodlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi. Bundan tashqari, moped va skuter haydovchilari uchun yangi A1 toifasi joriy etilmoqda, u 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Shu bilan birga, agar fuqaroning boshqa toifadagi (A, B, C yoki D) haydovchilik guvohnomasi mavjud bo‘lsa, moped yoki skuterni boshqarish uchun qo‘shimcha o‘qitish talab etilmaydi.

Shuningdek, imtihon topshirish tartibi soddalashtirildi: agar boshqa toifalar uchun 20 ta savoldan 18 tasiga to‘g‘ri javob berish kerak bo‘lsa, A1 toifasini olish uchun 20 ta savoldan 16 tasiga to‘g‘ri javob berish kifoya.