18-sentyabr kuni Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasida Labo avtomobilining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea Qirguli tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida propan gazi uchun mo‘ljallangan ballonga metan gazini quyib yuborgan va gaz balloni portlagan. Labo avtomobiliga texnik shikast yetgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.