Samarqandda Lacetti haydovchisi ustidan sud bo‘lib o‘tdi Samarqandda Lacetti haydovchisi ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Millar reportajida aytiladi.
YTH guvohining so‘zlariga ko‘ra, uchta mashina piyodalar o‘tish joyida to‘xtab, yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqarolarni o‘tkazib yuborgan. Ayblanuvchi yuqori tezlikda to‘rtinchi bo‘lakda harakatlanib, tormoz bermagan va piyodalarni urib yuborgan.
YTH oqibatida homilador ayol vafot etgan, voyaga yetmagan bolalar og‘ir tan jarohati olgan. Haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topilib, uch yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan holda yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi.