Safe Road ilovasida “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda ilovaning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqamlarini xarid qilish Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Avtoraqamlarni tanlash va xarid qilish onlayn amalga oshiriladi. Shu bilan birga, xizmat hozircha test rejimida ishlamoqda.

Xizmat foydalanuvchilarning katta oqimiga bardosh bera olmadi, YPX tizimida nosozliklar kuzatilishi mumkin. YHXXning ma’lum qilishicha, 1-dan 3-kategoriyagacha bo‘lgan raqamlar uchun yagona oshirilgan to‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHMning 17 baravari (7 mln so‘mdan sal ko‘proq) va yuridik shaxslar uchun BHMning 25 baravari (10,3 mln so‘m) ni tashkil etadi.