Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatning to‘rtta tumanidagi bog‘chalarda bolalarning sifatsiz kefirdan ommaviy zaharlanishi bo‘yicha izoh berdi.
Hokimning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, ish bo‘yicha hibsga olinganlar soni 7 nafardan 11 nafarga oshgan, Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Odamlarni zaharlashga olib kelgan sanitariyaga oid qonun hujjatlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, BHMning 100 baravarigacha jarima va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Umuman, 25-26 sentyabr kunlari ikki mingdan ortiq bola shifoxonalarga murojaat qilgan, ularning deyarli yarmida tashxis tasdiqlanmagan. Toshkent shahridan qo‘shimcha tibbiyot brigadalari va mutaxassislar viloyatga shoshilinch ravishda yuborildi. Zoyir Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni Xudoning o‘zi qutqargan.
Birgina mo‘jiza tufayli 5-6 milliard so‘mlik dori-darmonlar bolalarga o‘z vaqtida yetkazib berildi. O‘shanda Xudo asradi, — Zoyir Mirzayev.
Hokim viloyat va tuman darajasidagi SES tizimidagi barcha rahbar kadrlarni ishdan bo‘shatish tarafdori bo‘ldi.