9-oktyabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Tuzel” yopiq metro bekati yaqinidagi avtobus bekatida 100 ga yaqin odam to‘plandi.
8-iyun kuni Yerusti halqa metro liniyasining bir qismi ta’mirlash uchun yopildi, Transport prokuraturasi yo‘l o‘tkazgich qoidabuzarliklar bilan qurilganini aniqladi. Garchi dastlab ishlar uch oy oldin amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, liniya bugungi kungacha yopilgan.
Yer usti halqa metro liniyasida yo‘lovchi tashish 18-oktyabrdan tiklanishi kutilmoqda.
Metro yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan, biroq aholi avtobuslar kam yurishi, doim tirband bo‘lishi, odamlar bekatda turib qolishi, vaqt yo‘qotishi, ishga va o‘qishga kech qolishidan shikoyat qilmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida avtobuslar eshiklari ochiq holda harakatlanadi, chunki yo‘lovchilar soni tufayli ularni yopishning iloji yo‘q.
Mavzuga doir: Toshkentdagi tirbandliklarning asl sababi nima va nega vaziyatni o‘nglab bo‘lmaydi?