Venada O‘zbekiston va Avstriya tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari o‘rtasida dastlabki maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi va quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • migratsiya va mobillik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirsin, bu mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi;
  • diplomatik pasport egalariga vizalar berish tartibi to‘g‘risida hukumatlararo bitim ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston vakolatli organlari tomonidan berilgan apostillarni tan olish masalasini qayta ko‘rib chiqish;
  • O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni Avstriyaning Ostonadagi diplomatik vakolatxonasi orqali rasmiylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

Tomonlar ushbu maslahatlashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi konsullik va gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.