14-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar o‘smir tan jarohati olgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa Kitob tumanida soat 12:00 atrofida Narimon mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi boshqa avtomobilni quvib o‘tishga harakat qilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, maktab o‘quvchisini urib yuborgan va turar-joy binosining devoriga borib urilgan.
YTH oqibatida o‘smir tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.