Marg‘ilonda Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 16-oktyabr kuni soat 12:30 da B. Marg‘iloniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-1 haydovchisi 33-maktab yaqinidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar o‘quvchini urib yuborgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida bir nafar voyaga yetmagan shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Ikki nafar jabrlanuvchiga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.