17-oktyabr kuni Toshkentda 5 ballik magnit bo‘roni kuzatildi. Bu haqda Meteonova xizmati ma’lumotlarida aytiladi.
Kuchli magnit bo‘roni erta tongdan boshlanib, soat 08:00 da 5 ballni tashkil etgan. Tushlikka yaqin ko‘rsatkich 4 ballni tashkil etdi.
Bunday jadallik soat 14:00 gacha davom etadi, kechgacha magnit bo‘roni 3 ballni tashkil etadi.
Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.