O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab 114 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini oldi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev xabar bermoqda.

Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi miqdorda ball olgan:

  • 114 374 nafar haydovchi – 1 balldan 5 ballgacha;
  • 6 nafar haydovchiga – 5-6 ball;
  • 1 haydovchi – 7 ball;
  • 1 haydovchi – 8 ball.

Yo‘l-transport hodisalari va qoidabuzarliklar tahliliga ko‘ra, 1-iyundan 30-oktyabrgacha bo‘lgan davrda yo‘l-transport hodisalarining umumiy soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan avariyalar soni esa 31,2 foizga kamaygan.

Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, jarima ballari tizimining joriy etilishi haqiqatan ham amaliy natija berdi. Chunki ular joriy etilgunga qadar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha bunday ijobiy dinamika kuzatilmagan, — dedi Zoir Yo‘ldoshev.