31-oktyabrda Qoraqalpog‘istonda, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25°, shimolda 13-18° bo‘ladi.

Toshkentda kechqurun biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23°.

Tog‘li hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17°.