3-noyabr kuni O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. 3-5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanib, 4-noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
4-5-noyabrda havo harorati kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, shimolda 5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
6 noyabrdan hafta oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechalari 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-16 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, bugun kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 4-noyabrda yomg‘ir yog‘adi, u tanaffuslar bilan 5-noyabr ertalabgacha davom etadi.
Havo harorati 4-5 noyabrda kechasi 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-7 daraja iliqqacha pasayadi. Hafta oxiriga kelib, harorat kechalari salqinligicha qoladi, kunduz kunlari esa 10-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.