O‘zbekistonda yuzlab yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishdagi qo‘pol qoidabuzarliklar uchun yopildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar yong‘inlarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish maqsadida inventarizatsiya o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, 6 196 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasida 46 737 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Jami 7 166 ta qoidabuzarlik bartaraf etilib, qo‘pol qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 464 ta stansiya faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Aniqlangan qoidabuzarliklar orasida:
- Vazirliklar, Kadastr agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan — 2 118 ta;
 - FVV — 7 949 ta qoidabuzarlik;
 - Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan — 25 341 ta;
 - Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 3 354 ta qoidabuzarlik;
 - Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan — 7 875 ta qoidabuzarlik aniqlangan.