Sog‘liqni saqlash vazirligi ba’zi kasalliklar va organizm holatlarida kamar taqmaslikka ruxsat berishni taklif qilgan loyihani e’lon qildi.
Hujjatga muvofiq, xavfsizlik kamaridan quyidagi kasalliklar va holatlarda foydalanmaslik taklif qilindi:
- o‘mrov suyagi va to‘sh suyagining sinishi;
- yelka kamarining sinishi;
- qovurg‘alar sinishi;
- umurtqa pog‘onasining kompression sinishi;
- o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (IV bosqich);
- bronxial astma (IV bosqich);
- o‘pkaning interstitsial zararlanishi;
- o‘pkaning bir qismini yoki hammasini (chap yoki o‘ng) olib tashlash;
- III bosqich va dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
- III darajali semizlik (BMI ≥ 40);
- past bo‘ylik (nanizm) — 150 sm dan past;
- qo‘l yoki yelka harakatini cheklaydigan nevrologik kasalliklar;
- ko‘krak qafasidagi allergik yoki dermatologik kasalliklarning og‘ir shakllari (ekzema, psoriaz);
- ko‘krak yoki yelka sohasida protezlar yoki implantlar mavjudligi;
- ko‘krak qafasi yoki qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan ochiq operatsiyalar;
- stoma (sun’iy chiqish) mavjudligi;
- ko‘krak qafasining yirik o‘smalari;
- homiladorlik.
Ko‘rsatilgan kasalliklardan biri mavjudligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma QR-kod qo‘yilgan holda “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimi orqali beriladi. Ma’lumotnomaning amal qilish muddati olti oy.
Loyiha muhokamasi 14-noyabrga qadar davom etadi.