11-noyabr kuni Parkent tumanida iste’molchilarning bir qismi vaqtincha tabiiy gazdan uzildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi yuqori bosimli gaz quvurining bir qismiga borib urilgan. Hodisa natijasida gaz sizib chiqishi qayd etilgan.
Yoshlik, Markaziy, Guliston va Oqtepa mahallalari aholisi — jami 2 ming 400 ta xonadon va 56 ta yirik iste’molchi gaz ta’minotidan vaqtincha uzilgan. Voqea joyida avariya brigadalari ishlamoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti to‘liq tiklanadi.