9-noyabr kuni Andijon viloyatida skuter haydovchisi jarohatlanishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa Shahrixon tumanida 9-noyabr kuni soat 18:30 larda Shahrixonga olib boruvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Shahrixon tumani IIB sobiq profilaktika katta inspektori Nexia-3 rusumli avtomashina boshqaruvida bo‘lgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va skuterda ketayotgan 53 yoshli fuqaroni urib yuborgan.
YTH oqibatida jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. IIB xabariga ko‘ra, inspektor avariyadan ikki kun oldin tegishli buyruq asosida ishdan bo‘shatilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.