19-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Sharqdan 5–12 m/s tezlikda shamol esmoqda. Respublika bo‘ylab kunduzi havo harorati 12–21° issiq bo‘ladi.

Toshkentda — o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz, shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–8°, kunduzi 16–18° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bulutli, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Tunda harorat 0-5°, kunduzi 8-13° bo‘ladi.

Avvalroq 2026-yil O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun qurg‘oqchil kuz va bahor boshida haroratning keskin o‘zgarishi tufayli halokatli bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.