20-noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha harorat biroz pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Sharqdan esayotgan shamol tezligi 5-12 m/s. Respublika bo‘ylab kunduzi havo harorati 12-21° issiq, yog‘ingarchilik faqat poytaxt va tog‘li hududlarda kutilmoqda.

Toshkent shahrida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 5-7, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Avvalroq 2026-yil O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun qurg‘oqchil kuz va bahor boshida haroratning keskin o‘zgarishi tufayli halokatli bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.