Buxoroda fojia yuz berdi: Hamza ko‘chasidagi uylardan birida to‘rt kishidan iborat oila halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Hodisa 23-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida erkak, uning turmush o‘rtog‘i va ikki nafar voyaga yetmagan qizlari halok bo‘lgan.
Sud-tibbiyot ekspertlarining dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘limga noma’lum modda, taxminan is gazi ta’sirida yuzaga kelgan o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.