25-noyabr kuni O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kunduzi hududlarga qarab 12-20 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha prognoz:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida: o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat: kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida: o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida: o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat: kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
- Respublikamizning tog‘li hududlarida ham o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.