Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonda kartoshka chipslariga aksiz solig‘ini joriy etishni taklif qildi. Ushbu tashabbus 2026-yilgi byudjetnomaga kiritilgan.

Kelgusi yil 1-apreldan iste’molga tayyor bo‘lgan 1 kg kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘ini 15 ming so‘m miqdorida belgilash taklif etilmoqda. Soliq chips ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga, shuningdek, mamlakatga mahsulot olib kiruvchi importchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Vazirlikning qayd etishicha, chora Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ortiqcha vaznga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalari, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflari asosida ishlab chiqilgan. Tashabbusni tayyorlashda xorijiy davlatlar tajribasi inobatga olindi.