28-noyabrda O‘zbekistonda quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi aksariyat hududlarda harorat 10-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha prognoz:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
  • Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.