O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib berilishi Tojikistonda energiya ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatni yaxshiladi. Bu haqda “Aziya Plyus” xabar bermoqda.
Ayni paytda Tojikiston O‘zbekistonning imkoniyatlari oshsa, yetkazib berishni ko‘paytirish niyatida kuniga 2 million kVt/soatgacha elektr energiyasi olmoqda.
Tojikiston Energetika vazirligi ta’kidlaganidek, energetika vazirlari darajasida Qozog‘iston va Turkmanistondan elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Hozir texnik masalalarni hal qilish ustida ish olib borilmoqda.
Tojikiston tashqi bozorlarga faqat mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida O‘zbekiston energiya tizimi (500 kVt “Regar-G‘uzor” elektr uzatish liniyasi) orqali chiqadi. Turkmaniston va Qozog‘iston elektr energiyasi tranzitini ta’minlash uchun O‘zbekiston energetika tizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda masalalarni muvofiqlashtirish zarur.