16-dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.