19-dekabr kuni soat 10:3 da O‘zbekiston hududida zilzila sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila epitsentri Taxarada (Afg‘oniston) bo‘lgan. Magnituda 6. Chuqurligi 105 km. Zilzila episentri Toshkentdan 551 km janubiy-sharqda.
Oʻzbekistondagi yer silkinishlarining kuchi:
- Surxondaryo viloyati: 4 ball, 206 km;
- Qashqadaryo viloyati: 3 ball, 417 km;
- Samarqand viloyati: 3 ball, 423 km;
- Jizzax viloyati: 2-3 ball, 441 km;
- Sirdaryo viloyati: 2-3 ball, 467 km;
- Farg‘ona viloyati: 2-3 ball, 502 km;
- Navoiy viloyati: 2-3 ball, 542 km;
- Toshkent: 2-3 ball, 550 km;
- Namangan viloyati: 2-3 ball, 561 km;
- Andijon viloyati: 2-3 ball, 564 km.