O‘zbekiston Rossiya bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasida 21-dekabr kuni tovarlar va xizmatlar bozorlariga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
Muzokaralar izchil, mazmunli va konstruktiv ruhda o‘tdi va bugun ular ijobiy natija bilan yakunlandi. Azizbek O‘runovning so‘zlariga ko‘ra, endi asosiy e’tibor ko‘p tomonlama muzokaralar, zarur qonunchilik o‘zgarishlarini yakunlash va kelgusi yilda qo‘shilish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan.