24-dekabr kuni Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda RET matbuot xizmati xabar bermoqda.

6-10 kV kuchlanishli yangi yuqori kuchlanishli yer osti kabelli elektr uzatish tarmoqlarining ishga tushirilishi, shuningdek, ishga tushirish-sozlash va sinov ishlari hamda yuklamaning bir tekis taqsimlanishi munosabati bilan elektr ta’minoti soat 09:00 dan 16:00 gacha o‘chiriladi:

  • Yunusobod tumani: Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Turon, Bodomzor, Shayx Shivli, Yangi Tarnov, Firdavsiy, Xiyobontepa va Bo‘zsuv mahallalarida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: Katta Darxon va Oqqo‘rg‘on mahallalarida.

Iste’molchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr so‘raldi.